Jahon | 21:12 / 27.12.2016
14006
2 daqiqa o‘qiladi

Muqobil energiya qazib olinadigan energiyadan arzonlashdi

2016 yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalariga kiritilayotgan sarmoyalar daromadliligi bo‘yicha tabiiy gaz yoki neftga kiritilayotgan sarmoyalar ko‘rsatkichiga tenglashdi. Butunjahon iqtisodiy forumi axborotnomasiga ko‘ra, qayta tiklanuvchi energiya manbalari (ularni o‘rnatish xarajatlari bilan birga) ko‘mir yoki tabiiy gazga sarflangan sarmoyadan ko‘ra arzonroq elektrenergiyani olishga imkon bergan, deb yozmoqda qz.com.

Butunjahon iqtisodiy forumi infratuzilmalar va taraqqiyot departamenti vakili Maykl Drekslerning aytishicha, quyosh panellari kabi muqobil energiya manbalari, endilikda, tijoriy jihatdan uzoq muddatli, barqaror va inflyatsiyadan himoyalangan daromadli sarmoyadir. 

2016 yili AQShda har daqiqa 125 ta yangi quyosh paneli o‘rnatilgan. Bu o‘tgan yilgidan ikki marta tezroqdir. Umuman, quyosh panellari yordamida 9,5 gigavatt elektroenergiya ishlab chiqilgan. AQSh Quyosh energetikasi assotsiatsiyasi esa bu raqam 11,2 gigavattni tashkil etganini ta'kidlamoqda. Bu bir million aholiga ega ikkita shaharni, barcha sanoat korxonalari bilan birga elektrenergiyasi bilan ta'minlashni anglatadi.
 
Biroq, BMT ma'lumotlariga ko‘ra, qayta tiklanuvchi energiya manbalariga kiritilayotgan sarmoyalar yetarli darajada emas. 2016 yilda bu raqam 285 milliard dollarni tashkil etgan. Uglevodorodlarning iqlim o‘zgarishi salbiy ta'sirini sezilarli kamaytirish uchun muqobil energiyani rivojlantirish uchun kiritilayotgan sarmoya 1 trln dollarni tashkil etishi kerak. 


 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid