Jahon | 08:32 / 28.12.2016
6260
1 daqiqa o‘qiladi

Obama va Abe Perl-Harborda halok bo‘lganlarni yod etishdi

Foto: wjs

AQSh prezidenti Barak Obama va Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe Havayidagi Perl-Harbor ko‘rfazida Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lganlarni yod etishdi, deb xabar berdi Oq uy.

Obama va Abe amerikaning “Arizona” linkori cho‘kib ketgan joyda guldastalar qo‘yishgan. 

"Arizona"da Yaponiya harbiy havo kuchlarining 1941 yil 7 dekabr kuni sodir bo‘lgan hujumi oqibatida 1177 kishi halok bo‘lgan. Perl-Harborga hujum esa AQShning Ikkinchi jahon urushiga kirishiga turtki bergan.

Eslatib o‘tamiz, Barak Obama 2016 yilning may oyida Yaponiyadagi “katta yettilik” sammiti vaqtida Xirosima shahriga tashrif buyurgandi. U Qo‘shma Shtatlarning amerika atom zarbasidan katta talofot ko‘rgan shaharga borgan birinchi prezidentiga aylandi. Abening Perl-Harborga tashrifi esa yapon rahbariyatining javob qadami sifatida baholanmoqda. 

 

Mavzuga oid