Istanbuldagi teraktda Amerika fuqarosi o‘z telefoni tufayli omon qoldi

AQSh fuqarosi Yakob Raak 2017 yilning 1 yanvariga o‘tar kechasi Istanbuldagi Reina klubida sodir etilgan terakt davomida jarohat oldi, lekin unga qarata otilgan o‘q mobil telefoniga tegib, arteriyani chetlab o‘tgani tufayli omon qoldi. CNN Turk nashri shu haqida xabar berdi.
Raak Istanbulga do‘stlari bilan 35 yoshligini nishonlashga kelgan bo‘lgan. Terrorchining hujumi davomida u oyoq qismining ikki joyidan jarohat olgan. Biroq shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, ikkinchi o‘q Raakning cho‘ntagidagi mobil telefonga tekkani uchungina arteriyagacha yetib bormagan. Raak klubdan to‘g‘ri mahalliy shifoxonaga olib ketilgan.
"Dahshatli fojia. Sizning yurtingiz ajoyib, lekin afsuski, mana shunday dahshatli teraktlarni sodir etuvchi kishilar bor", - deya yozdi Raak shifoxonadan.
1 yanvarga o‘tar kechasi Reina klubiga uyushtirilgan qurolli hujum natijasida Istanbulda 39 nafar kishi halok bo‘ldi, 69 nafari esa shifoxonaga yetkazildi.
Mavzuga oid

08:29 / 27.03.2025
Istanbulga kamolchilar vakili Nuri Aslan vaqtinchalik hokim etib saylandi

15:47 / 26.03.2025
Fransiyada samolyot parvoz vaqtida yo‘qolgan telefon tufayli shoshilinch ortga qaytdi

17:12 / 22.03.2025
Rossiya Tergov qo‘mitasi «Krokus» terakti tashkilotchilarini ma’lum qildi

22:01 / 20.03.2025