Ummonda birinchi marta ayol kishi politsiya boshlig‘i lavozimiga tayinlandi
Ummondagi politsiya uchastkasiga ilk marta ayol kishi rahbarlik qiladigan bo‘ldi. Gulf News shu haqida xabar berdi.
Poytaxt Masqat shahridagi Vatayah politsiya uchastkasining yangi rahbari leytenant Shayxah bint al-Ashur Hambasiyah Ummonda ushbu lavozimni egallagan birinchi ayol sifatida tarixga kirganidan baxtiyor ekani va bundan faxr tuyg‘usini his qilganini aytdi.
U barcha sohalarda muvaffaqiyatlarga erishish, yangi ish joyi hamda oila o‘rtasida muvozanat saqlash uchun imkon qadar harakat qilishini ma'lum qildi.
"Mening ishimni yaxshi tushunuvchi turmush o‘rtog‘im va oilam borligi tufayli ko‘p qiyinchiliklarni bartaraf qilishga muvaffaq bo‘ldim", - dedi u.
Shayxah Ummon qirollik politsiyasiga 1990 yilda qo‘shilgan. 1996 yilda u ayol ofitserlar uchun ajratilgan ilk o‘rinlarga da'vogarlik qilgan va natijada Masqat politsiyasida voyaga yetmaganlar bilan shug‘ullanuvchi bo‘lim boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan.
Keyinchalik u qirollik politsiyasining boshqa lavozimiga o‘tdi va oxir-oqibat Vayatah politsiyasining rahbari lavozimiga tayinlandi.
Shayxah Ummondagi barcha ayol politsiyachilarni fidokorona xizmat qilish va ishda tashabbus ko‘rsatishga chaqirdi.
Mavzuga oid
15:45 / 21.11.2024
Ummon O‘zbekistondan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini import qilmoqchi
13:05 / 09.11.2024
Rossiyada politsiya «an’anaviy qadriyatlar»ni mustahkamlashni boshlaydi
14:14 / 14.09.2024
O‘zbekiston Hind okeaniga chiqish uchun Ummon imkoniyatlaridan foydalanishi mumkin
21:12 / 08.09.2024