Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Keyingi mavsumda APLning yangi yil taqvimi hozirgidan ham «dahshatli» bo‘ladi
Daily Mail xabariga ko‘ra, 2017-2018 yilgi mavsum taqvimining qoralama variantida 17 kun ichida 6ta tur o‘tkazilishi nazarda tutilgan. Uchrashuvlar 16, 20, 23, 26 va 30 dekabr, shuningdek, 1 yanvar kunlarida bo‘lib o‘tishi mo‘ljallangan.
Xabarda yozilishicha, Rossiyada o‘tkaziladigan 2018 yilgi Jahon chempionati (turnir 14 iyun kuni boshlanadi) tufayli Premer-liga o‘yinlarni ertaroq yakunlashni rejalashtirmoqda. Shu orqali futbolchilar mundialga tayyorlanish uchun ko‘proq vaqtga ega bo‘lishi maqsad qilingan.
Angliya Kubogining may oyida o‘tkaziladigan final uchrashuvi esa tur o‘yinlariga xalaqit bermaydigan maxsus kunga belgilanadi.
«Lester», «Everton» va «Tottenhem» klublarining sobiq futbolchisi Gari Lineker esa yangi mavsum uchun taqvim rejasiga shunday munosabat bildirgan: «Menimcha, bu aqldan emas. Aqldan ozishmoqda».
Mavzuga oid
17:42 / 24.05.2025
Muhammad Saloh faoliyatida ikkinchi marta APL eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi
23:12 / 27.04.2025
«Liverpul» «Tottenhem»ni yirik hisobda mag‘lub etib, APL chempionligini qo‘lga kiritdi
13:53 / 29.08.2024
Palmerdan Meynugacha: APL klublarining «javohirlar»i
15:03 / 19.08.2024