So‘rovnoma: G‘arb mamlakatlari aholisi III jahon urushidan xavfsiramoqda
YouGov 9 mamlakat aholisi o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazib, bugungi kunda ularni tashvishlantirayotgan eng katta xavf nima ekanligiga qiziqdi. So‘rovnomada ishtirok etgan AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya va Fransiya aholisining salbiy o‘y-xayollarga moyilligi sezildi. Natijalarga ko‘ra, ishtirokchilarning aksariyati III jahon urushi boshlanishidan xavfsirayotgani ma'lum bo‘ldi. Bu haqida Independent nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, amerikadagi so‘rovnoma qatnashchilarining 64 foizi uchinchi jahon urushining boshlanishidan qo‘rqmoqda. Buyuk Britaniyada esa bu ko‘rsatkich 61 foizni tashkil qiladi.
Amerikaliklar o‘z qo‘rquvlarini yangi saylangan prezident Donald Trampning lavozimni egallashi bilan bog‘lashmoqda. Britaniyaliklarning 71 foizi esa asosiy tahdid sifatida Rossiyaga ishora qilishmoqda.
Biroq Shimoliy Yevropa mamlakatlari aholisining aksariyati uchinchi jahon urushi tahdid solayotganiga u qadar ishonmasligi ma'lum bo‘ldi. Masalan, Daniyada so‘rovnomada qatnashganlarning 39 foizigina dunyo katta qurolli mojaro oldida turibdi, deb hisoblaydi.
Frantsuzlar, o‘z navbatida, terrorizm oldidagi qo‘rquvlarini yashirib o‘tirishmadi. So‘rovnomada qatnashganlarning 81 foizi yaqin orada yangi teraktlar sodir bo‘lishi mumkinligiga ishonch bildirishgan. Tadqiqotda ishtirok etgan boshqa mamlakatlar aholisi ham teraktlarning yuqori xavfini qayd etishgan.
Mavzuga oid
17:22 / 17.11.2024
Tramp Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlarini olib chiqqanlarni jazolamoqchi – OAV
10:05 / 17.11.2024
Trampning qaytishi: Ukraina masalasida AQSh va Yevropaning pozitsiyasi bo‘linadimi?
21:19 / 16.11.2024
Tramp Oq uy tarixidagi eng yosh matbuot kotibini tayinladi
15:52 / 16.11.2024