Jahon | 19:25 / 11.01.2017
7726
2 daqiqa o‘qiladi

Nazarboyev hukumatdagi vakolatlarni qayta taqsimlamoqchi

Qozog‘iston rahbari hukumat tarmoqlari o‘rtasida vakolatlarni qayta taqsimlash bo‘yicha ishchi guruhini shakllantirish to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi. Bu haqda Akorda matbuot xizmati xabar berdi.

Ishchi guruhiga Qozog‘iston respublikasi prezidenti ma'muriyati rahbari rahbarlik qiladi.

Uning tarkibi parlament, hukumat, oliy sud, boshqa davlat organlari, shuningdek, huquqiy jamoatchilik vakillari, ilmiy va ekspert hamjamiyati vakillaridan tashkil topgan.

Eslatib o‘tamiz, Nazarboyev 15 dekabr kuni prezident, hukumat va parlament o‘rtasida vakolatlarni qayta taqsimlash bo‘yicha masalani ko‘rib chiqish yuzasidan ko‘rsatma bergandi.

Prezident bu chora “mamlakatdagi ishlar uchun parlament va hukumat mas'uliyati”ni kuchaytirishida qo‘l keladi, deb tushuntirgan.

Nazarboyevning fikricha, “Qozog‘iston hukumatni boshqarish shakli prezidentlik bo‘lgan davlat bo‘lib qoladi”, lekin bugungi kun parlament va hukumat vakolatlarini ehtimoliy uzaytirish haqidagi masalani dolzarb qilib qo‘ydi.

Mavzuga oid