Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iroqda 5 oydan beri neft quduqlari yonmoqda
Iroqning Naynava viloyatidagi Al-Kayayra shahri atrofidagi neft quduqlaridagi yong‘inni mana 5 oydirki o‘chirib bo‘lmayapti. 24 avgustda IShID jangarilari bu yerdan chekinish vaqtida 10 dan ko‘proq neft qudug‘ini yoqib ketgan.
Yong‘inni o‘chirish ishlari davom etmoqda, ko‘rilgan ziyon esa millionlab dollarlarga qarab ketmoqda. Bundan tashqari, yonayotgan quduqlar aholi salomatligiga xavf solmoqda.
O‘t o‘chiruvchilar yong‘in o‘chog‘ini qum va suv qo‘llab o‘chirishmoqchi.
Ma'lum qilinishicha, bugungi kungacha 11 ta quduqdagi yong‘in o‘chirilgan, yana 11 ta quduq yonishda davom etmoqda.
Iroqning North Oil Company kompaniyasi xodimlari jangarilar chekinish vaqtida quduqlar yonida kamida 30 ta portlovchi qurilma portlatishgan, deb taxmin qilishmoqda.
Mavzuga oid
20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi
21:35 / 22.05.2025
Xorazm viloyati Markaziy Banki binosida yong‘in yuz berdi
19:31 / 18.05.2025