Samsung Galaxy S8 rasmiy taqdimotidan avval fosh etildi
Internet tarmog‘ida yangi Samsung Galaxy S8 smartfoniga doir videolavhalar va fotosuratlar paydo bo‘ldi. Mahsulotning o‘zi esa ikki oydan so‘ng rasman taqdim etilishi kerak. Bu haqda The Verge yozmoqda.
Insayderlik ma'lumotiga ko‘ra, Galaxy S8 taqdimoti 2017 yil 29 mart kuniga belgilangan. Smartfonning orqa qopqog‘i Galaxy S7 modelini yodga soladi. Biroq, barmoq skanerining o‘rni o‘zgartirilgan. Uning old tomoni jiddiy o‘zgarishlarga uchragan. Endilikda egik displey telefon yuzasining 83 foizini egallagan. Bundan tashqari, Galaxy S8 modelida asosiy va yon tomondagi ikkita sensor tugmalar g‘oyib bo‘lgan.
Samsung Galaxy S8 smartfonlari 2017 yil 21 apreldan sotuvga chiqarilishi rejalashtirilgan. Uning arzoni 799 (850 AQSh dollari), qimmati 899 (960 dollar) yevrodan sotiladi.
Mavzuga oid
11:28 / 10.11.2024
Dunyo bo‘ylab eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi
21:57 / 26.09.2024
Samsung xodimlari radiatsiyaga uchragani tufayli kompaniya jarimaga tortildi
22:24 / 19.09.2024
Samsung’ning Hindistondagi zavodi xodimlari ish tashlash e’lon qildi
21:48 / 18.09.2024