Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Microsoft aksiyalari tarixiy maksimum qiymatiga erishdi
IT-gigant Microsoft Corp. kompaniyasi aksiyalari 27 yanvardagi savdolar vaqtida tarixiy maksimum qiymatiga erishdi. Kompaniyaning bir dona aksiyasi narxi 65,66 dollarga yetdi, kapitallashuvi esa 500 mlrd dollardan oshib ketdi.
Savdolar davomida kompaniya aksiyalari 2,06 foizga oshgan. Aktsiyalar qiymatining bunday o‘sishi kompaniya kapitallashuvining keskin oshishiga olib keldi, bu qiymat 510,37 mlrd dollarni tashkil qildi. Reuters axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, kompaniyaning bunday darajasi 2000 yildan beri maksimum hisoblanadi.
Bunday ijobiy dinamika kompaniyaning moliyaviy hisoboti bilan bog‘liq. Kompaniyaning 2016-2017 moliya yili 2-choragidagi (31 dekabrda yakunlangan) sof daromadi yillik ifodada 3,6 foizga oshib, 5,2 mlrd dollarni tashkil qilgan.
Microsoft bulutli texnologiyalarga ixtisoslashgan bo‘limida katta muvaffaqiyatni qayd qilgan. Bu bo‘limning tushumi 8 foizga oshib, 6,9 mlrd dollarni tashkil qilgan.
Mavzuga oid
00:16 / 24.05.2025
Microsoft aniq ob-havo bashoratlari uchun Aurora sun’iy intellekt modelini taqdim etdi
18:01 / 05.05.2025
Microsoft kompaniyasi Skype’ni yopdi. Messenjer 20 yildan ortiq faoliyat yuritdi
13:39 / 28.04.2025
Aksiyadorlik jamiyatlari xodimlari aksiyalarni sotib olishda imtiyozli huquqqa ega bo‘ldi
20:55 / 09.04.2025