Sport | 09:17 / 30.01.2017
5590
2 daqiqa o‘qiladi

Qishki Universiadada O‘zbekistondan 3 nafar sportchi ishtirok etadi

29 yanvar kuni Qozog‘istonning Olmaota shahrida 2017 yilgi Butundunyo qishki Universiadasi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston bu turnirga 3 nafar sportchi yuborgan - 2 chang‘ichi va bir snoubordchi.

XXVIII Butundunyo qishki universiadasi Olmaota shahrida 28 yanvardan 8 fevralgacha o‘tkaziladi. Qozog‘iston MDH mamlakatlari ichida bunday turnirga mezbonlik qilayotgan birinchi mamlakat bo‘ldi. O‘yinlar auditoriyasi dunyoning 80 mamlakatida 1 milliard kishini tashkil qilishi kutilmoqda. Medallar uchun dunyoning 55 davlatidan tashrif buyurgan 2000dan ortiq sportchi kurash olib boradi.

Universiada 1905 yilda AQShda, talabalar o‘rtasidagi ilk xalqaro turnir o‘tkazish orqali ta'sis etilgan. 18 yil o‘tib Parijda o‘tkazilgan navbatdagi turnir esa Butundunyo universitetlari o‘yinlari nomi ostida bo‘lib o‘tgan. O‘shandan buyon har ikki yilda qishki va yozgi universiadalar tashkil etib kelinadi.

Olmaotada qishki Universiada ochilish marosimi

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid