“Ikki ming dollar bersangiz ishga joylab qo‘yaman”...
Bugun ayollarning jamiyatimizda tutgan o‘rni yuksak. Bu bejiz emas. U fidoyi, jonkuyar, tirishqoq, tashabbuskor va halol. Ammo ba'zi ayollarning mana shu xislatlardan yiroqlashib, turli qorong‘i ko‘chalarga kirib qolayotgani ko‘ngilni xira qiladi. Bunday holat ularning o‘zlarini ham nadomatlar ichida qoldiradi.
- Tanishlar bor. Hal qilamiz. “Xarajat”idan qochmasangiz bo‘ldi. Shunday qilib, keliningizni – “endokrinologiya”ga, jiyaningizni – poliklinikaga ishga joylashtirish kerak. Shundaymi?
- Ha “xarajat”i qancha bo‘ladi?
- Ikkalasiga ikki ming...
Anora Saidova (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) Xo‘jamberdi Nomozovga va'dani ishonarli qilib berdi. X.Nomozovning kelinini viloyat endokrinologiya shifoxonasiga hamda jiyanini Qarshi shahridagi 2-sonli poliklinikaga hamshiralikka ishga joylashtirib qo‘yish evaziga undan 2 ming AQSh dollari talab qiladi, deb yozdi “Huquq” gazetasi.
SVOJJDLQK departamentining Qashqadaryo viloyat boshqarmasi xodimlari fuqaro X.Nomozovning arizasi asosida o‘tkazgan tezkor tadbir davomida firibgar Anora Saidova talab qilingan puldan ming AQSh dollarini olayotgan vaqtida ushlandi. Sudning hukmi bilan “hojatbaror” ayol o‘z jazosini oldi.
Mavzuga oid
21:29 / 27.09.2024
Chilonzorda “dom” qurmoqchi bo‘lgan firma mansabdorlari tergovga tortildi
12:38 / 27.09.2024
Qashqadaryoda paxta xaridi bo‘yicha raqobat cheklanmoqda
14:53 / 26.09.2024
Qashqadaryoda Afg‘oniston fuqarosining pullarini o‘zlashtirgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
18:26 / 16.09.2024