Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afrika kubogida dastlabki finalchi nomi penaltilar seriyasida aniqlandi
Afrika millatlar kubogining dastlabki yarim final uchrashuvi yakunlandi. Unda Burkino-Faso terma jamoasi Misrga qarshi maydonga tushdi.
Uchrashuvning asosiy vaqtida durang natija qayd etildi. Avvaliga 66-daqiqada Muhammad Saloh misrliklarni oldinga olib chiqqandi, biroq Aristid Banse tomonidan kiritilgan gol hisobni tenglashishiga sabab bo‘ldi. Mazkur hisobda asosiy vaqtda ham, qo‘shimcha 30 daqiqalik ikkita taymda ham o‘zgarmadi. Natijada g‘olib nomi penaltilar seriyasiga ko‘ra aniqlandi. Unda 4:3 hisobida g‘alaba qozongan Misr final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Ikkinchi yarim final uchrashuvi ertaga bo‘lib o‘tadi. Unda Kamerun va Gana terma jamoalari o‘zaro to‘qnash kelishadi.
Afrika millatlar kubogi
1/2 final
Burkina-Faso – Misr 1:1 (0:0, 1:1, 0:0, 0:0), penaltilar seriyasi - 3:4
Gollar: Banse (73)– Saloh (66).
Burkina-Faso: Koffi, Dayo, Kulibali, Yago, Kone, Ture, Kabore, Nakulma, Banse (Traore, 103), Traore, Traore (Diavara, 80).
Misr: Al-Hadariy, Gabir, Xegazi, Fatxi, Qahrabo (Uarda, 74), Saloh, As-Said, Xamid, Trezege (Subhi, 85), Saloh, Al-Muhammadi (Gabir, 107).
Mavzuga oid
09:20 / 09.02.2022
Mane Afrika Kubogi paytida jarohati sabab shifoxonaga bordi va u yerda mototsikl urib yuborgan bolaning davolanishiga pul to‘ladi
09:38 / 25.01.2022
Kamerun - Qamar orollari bahsidan avval stadionga kirishda yuzaga kelgan tiqilinchda kamida 7 kishi halok bo‘ldi
08:50 / 18.07.2019
Afrika millatlar kubogida bronza medali egasi aniqlandi
08:56 / 12.07.2019