Sport | 19:08 / 03.02.2017
8069
1 daqiqa o‘qiladi

Nemis velopoygachisi yuziga musht tushirgan ukrainalikning uzrini qabul qilmadi

Foto: AFP

Nemis velopoygachisi Marsel Kittel "Dubay turi" ko‘p kunlik velopoygasida uning yuziga tarsaki tushirgan ukrainalik velopoygachi Andrey Grivkoni qilmishi uchun kechirmoqchi emas. Bu haqda sportchining o‘zi tvitterda yozdi.

"Men uzrlarni qabul qilmayman. Bu velopoygalar bilan hech qanday umumiy jihatga ega emas. Grivko qilgan ish – bizning ajoyib sport turimizga isnoddir", deb yozgan nemis sportchisi.

Voqea velopoyganing 3-bosqichida yuz bergan. Ukrainalik nemisning yonidan o‘tayotib, uning yuziga musht tushirib, yuzini qonatib yuborgan. Shundan keyin Grivko musobaqalardan chetlatilgan. Kittelning o‘zi esa o‘z dilozorini yarim yilga chetlatishni talab qilgan. 

Marsel Kittel "Dubay turi"da yetakchilik qilmoqda. 31 yanvarda boshlangan velopoyga 4 fevralda yakun topadi. Nemis hozirda o‘tgan 3 ta bosqichdan ikkitasida g‘olib bo‘lgan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid