Jahon | 21:00 / 01.12.2018
38538
2 daqiqa o‘qiladi

Dunyodagi raqsga tushadigan ilk osmono‘par bino – Dubaydagi Dynamic Tower

Raqsga tushadigan osmono‘par binoni yaratish g‘oyasi arxitektor Devid Fisherga tegishli.

Bu kabi yana 80 ta bino quriladi. Ularning bari o‘z o‘qi va bir-biriga nisbatan aylanadi. Dubay hukumati uchun qurilish taxminan 700 million dollarga tushadi.

Dynamic Tower binosida ofis binolari, elita uchun ko‘chmas mulk va oddiyroq xonadonlar bo‘ladi. Avtomobil egalari uchun binoda yuk ko‘taradigan liftlar bo‘lib, ular uy egasini avtomobilida xonadoniga yetkazadi. Binoni bezatish uchun hovuz va bog‘lardan foydalaniladi.

Diqqatga sazovor jihati shundaki, pentxausda yashovchilar qavatlarning aylanish tezligi va takrorlanishini mustaqil ravishda boshqarishlari mumkin. Boshqalari ham ovozli to‘plam ko‘rsatkichiga qarab aylanadi.

Ulkan inshoot shamol turbinalari va quyosh batareyalari energiyasi hisobiga aylanadi. Dynamic Tower mini-elektrosantsiyaga ega birinchi aylanuvchi binodir. Inshoot bir necha qo‘shni uylarni ham elektr quvvati bilan ta'minlay oladi.

Dastlab loyiha mualliflari va g‘oyani amalga oshiruvchilar binoni 2010 yilda yakunlashni rejalashtirishgan edi. Biroq bu loyiha bugungi kunga qadar ham loyihaligicha qolmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid