Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh sudi Trampning apellyatsiyasini rad etdi
AQShda sud Donald Tramp ma'muriyatining Sietl federal sudi tomonidan immigratsiya siyosatini qat'iylashtirish farmoni ijrosini to‘xtatish bo‘yicha chiqargan qaroriga bergan apellyatsiyasini rad etdi. Bu haqda AFP xabar tarqatdi.
Donald Tramp tomonidan 27 yanvar kuni imzolangan farmonga ko‘ra, AQShga Suriya, Yaman, Sudan, Liviya, Somali, Iroq va Eron fuqarolari kirishi vaqtinchalikka taqiqlab qo‘yilgandi. Bundan tashqari, mamlakatda qochqinlarni qabul qilish to‘xtatilgan.
3 fevral kuni Sietl shahridagi federal sud hakami Jyeyms Robart farmonning bajarilishiga vaqtinchalik taqiq qo‘ydi.
Robart AQSh prezidentining immigratsiya nazoratini qat'iylashtirish to‘g‘risidagi farmonlari qoidalarini bekor qilishga qaratilgan da'voni ko‘rib chiqmoqda, uni avvalroq Sietl federal sudiga Vashington shtati bosh prokuraturasi bergan edi. Shtat bosh prokurori Bob Fergyuson ta'kidlashicha, u sud ushbu choralarni konstitutsiyaga zid deb topishiga erishmoqchi. Da'voga, keyinroq Minnesota shtati hukumati qo‘shildi. Farmonning ijro etilishiga qo‘yilgan vaqtinchalik taqiq ushbu da'vo sudda ko‘rib chiqilayotgan paytda amal qiladi.
Tramp esa bu qarorni kulgili deb atadi va bu borada bahslashishini ma'lum qildi. U sudyalarning qarorlarini bekor qilishga va'da berdi.
Keyinroq AQSh adliya vazirligi sudning immigratsiya farmoni amal qilishini to‘xtatish qarori ustidan shikoyat qildi.
Trampning o‘zi esa immigratsiya farmonining bekor qilinishi qanday oqibatlarga olib kelishini eslatib o‘tgandi.
Mavzuga oid
11:54 / 24.05.2025
Tramp AQSh yadroviy energetikasini kengaytirish bo‘yicha farmonlarni imzoladi
11:10 / 24.05.2025
Sud Trampning Ta’lim vazirligini yopishga urinishini blokladi
09:35 / 24.05.2025
Sud Trampning Harvardga xorijliklarni qabul qilishni taqiqlash qarorini blokladi
11:13 / 23.05.2025