Jamiyat | 16:01 / 05.02.2017
60018
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda mudhish YTH: 12 yashar ikki bola butun umrga nogiron bo‘ldi

2 fevral kuni Samarqandda sodir bo‘lgan mudhish YTH oqibatida ikki nafar maktab yoshidagi bola jiddiy jarohat olgan. Bu haqda voqeadan xabardor manba Kun.Uz‘ga ma'lum qildi.

Manba bergan ma'lumotga ko‘ra, voqea Registon maydonidan uncha uzoq bo‘lmagan joyda, Samarqand shahrining Panjikent ko‘chasida sodir bo‘lgan. Avariya natijasida biri 11, ikkinchisi 12 yoshli bolalar jiddiy tan jarohati olishgan, bolalardan biri ikkala oyog‘idan, ikkinchisi esa bitta oyog‘idan mahrum bo‘lgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, voqea qorong‘i tushayotgan vaqtda ro‘y bergan.

Yo‘lni kesib o‘tmoqchi bo‘lgan ikki bola harakatlanib kelayotgan mashinani ko‘rib qolishadi va yo‘l o‘rtasida joylashgan yo‘l harakati belgisi ostida to‘xtashadi. «Spark» rusumli avtomashinaning taxminan 18-20 yashar bo‘lgan haydovchisi kech tushib qolgani uchun yo‘l o‘rtasidagi chuqurlikni ko‘rmay qoladi va so‘nggi daqiqalarda harakat yo‘nalishini o‘zgartiradi. Buning oqibatida yo‘l o‘rtasidagi beton to‘siq yonida turgan bolalarni urib yuboradi. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, ularga donorlik qilish maqsadida jabrlanganlar yashayotgan Dari zanjir mahallasining 30ga yaqin yoshlari shifoxonaga borishgan va qon topshirishgan.

Mavzuga oid