Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya madhiyasi ijrochisi jahon chempionati finalida madhiya so‘zlarini unutib qo‘ydi
Rossiya va Shvetsiya terma jamoalari o‘rtasidagi to‘p bilan xokkey bo‘yicha jahon chempionatining final uchrashuvi oldidan Rossiya madhiyasi ijrochisi madhiya matni so‘zlarini chalkashtirib yubordi va biroz tanaffusdan keyin uni kuylashni davom ettirdi.
Qo‘shiqchi qiz madhiyani a kapella uslubida ijro etayotganda ehtimol juda hayajonlanib ketgan. Qizning ovozi titray boshlagan, birozdan keyin esa umuman bir necha soniyaga jim bo‘lib qolgan. Bu holat tomoshabinlardan ayrimlarining noroziligiga sabab bo‘lgan va ular tomondan hushtakbozlik qilingan.
Qo‘shiqchi o‘z xatosi uchun uzr so‘rab, yana kuylashda davom etgan. Noqulay vaziyatga qaramay, xokkeychilar va ko‘pchilik tomoshabinlar qizni qo‘llab-quvvatlab, unga jo‘r bo‘la boshlashgan. Madhiya yakunlangandan keyin tribunalardan guldiros qarsaklar yangragan.
Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarining yozishicha, madhiyani rus qiz emas, balki shvetsiyalik qiz ijro etgan va shuning uchun u tilni yaxshi bilmasligi hamda hayajonini bosa olmagani sabab xatoga yo‘l qo‘ygan.
Shvetsiyaning Sandvikene shahridagi "Yoransson Arena" yopiq stadionida o‘tgan uchrashuv mezbon terma jamoa foydasiga 4:3 hisobida yakunlandi.
Mavzuga oid
20:17 / 25.05.2025
Dron Rossiyaning Shvetsiyadagi elchixonasi hududiga ichida bo‘yoq bo‘lgan idishni tashladi
00:42 / 13.05.2025
Shvetsiyada tuxumni qizining peshonasiga urib chaqqan ayol jarimaga tortildi
21:20 / 10.05.2025
Shvetsiya elektromobillarni quvvatlantiradigan yo‘llarni quradi
22:46 / 03.05.2025