Sport | 00:44 / 11.02.2017
9217
1 daqiqa o‘qiladi

Avstriyalik velosipedda 167 km/soat tezlikka erishdi

Avstriyalik Markus Stokl velosiped uchun yangi tezlik rekordini o‘rnatdi. 42 yoshli ekstremal Chilining Atakama cho‘lida o‘z velosipedida 167,6 km/soat tezlikka erishdi. 
  
Stokl bunga erishishda oddiy Mondraker Summum velosipedidan foydalandi, biroq yaxshi aerodinamikaga ega bo‘lish va xavfsizlik nuqtai nazaridan maxsus kiyim va shlemda bo‘lgan. 

Avstriyalik o‘z yo‘lini nomsiz tog‘ning 4 ming metr balandlikdagi cho‘qqisidan boshlagan.  

Unga rekord natijaga erishish uchun 650 metrlik masofa va 11 soniya kifoya qilgan. U 45 gradus burchakka ega qiyalikdan tushgan.

Ekstremal shu tariqa o‘zining 2011 yildagi rekordini yangiladi. O‘shanda u Nikaraguada 164,95 km/soat tezlikka erishgandi.

Mavzuga oid