«Iltimos, menga irqchilik yo‘q deng!». Muxlislar futbolchini yig‘latdi
«Partizan» jamoasi yarim himoyachisi Everton Biler Luiz muxlislarning o‘ziga nisbatan irqchilik harakatlaridan keyin ko‘z yoshlarini tiyib tura olmadi.
Bu hodisa Serbiya chempionati doirasida Belgradning «Rad» klubiga qarshi kechgan uchrashuvda sodir bo‘lgan. U esa bunga javoban mahalliy muxlislarga qarata o‘rta barmog‘ini ko‘rsatgan. Shundan so‘ng mezbon jamoa futbolchilari Evertonga tashlanishgan.
Everton yig‘lab-yig‘lab maydonni tark etgan. Uni jamoadoshlari ovuntirishga harakat qilgan.
«90 daqiqa mobaynida meni haqorat qilib turishdi. Men juda xafa edim, ular esa menga tashlanishdi. Bu voqeani iloji boricha tezroq unutishni istayman. Men Serbiyani sevaman, menga serblar yoqadi, shu tufayli ularning munosabatini ko‘rib yig‘ladim. Iltimos, menga irqchilik tamom bo‘ldi deb ayting!» – degan braziliyalik futbolchi o‘yindan keyin.
Mavzuga oid
13:26 / 17.06.2023
Alabamadagi avtobus boykoti – AQShda qora tanlilarning kamsitilishiga qarshi kechgan kurash qanday boshlangan edi?
22:15 / 01.06.2021
100 yildan beri «yopiq qolayotgan qozon»: Tulsa qatliomi qanday ro‘y bergan?
10:39 / 17.11.2020
«Orzudagi zamin» – Obama memuar yozdi. U taqdimot oldidan AQShning Tramp davridagi muammolarini sanadi
10:04 / 15.09.2020