Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shvedcha mazaxlash: Tramp yana «qovun tushirdi», Shvetsiyada esa hammayoq tinch
AQSh prezidenti Donald Tramp 18 fevral kuni Melburn shahrida (Florida shtati) so‘zlagan nutqida Yevropaning bir qancha mamlakatlari qochqinlar va teraktlar muammosiga duch kelgani haqida gapirib, Shvetsiyani ham shunday mamlakatlar sirasiga qo‘shib ketgandi.
«Bir ko‘ring, Shvetsiyada kecha nima sodir bo‘ldi. Shvetsiyada-ya, kim ham o‘ylardi? Kim ham bunga ishonardi. Shvetsiya katta miqdorda muhojirlarni qabul qildi va unda iloji yo‘q deb tasavvur qilingan muammolar paydo bo‘ldi», deb aytgandi Tramp.
Shvetsiyadagilar esa Tramp nimani nazarda tutayotgani haqida kichik bo‘lsada tasavvurga ega emasliklarini bildirishmoqda. Ba'zi nashrlar esa bu masalaga hazilomuz yondashib, mashhur qo‘shiqchilardan biri konkurs vaqtida ko‘ngilsizlikka uchragani, bu esa texnik nosozlik tufayli ro‘y berganini yozgan.
Shvetsiya sobiq bosh vaziri Karl Bildt esa tvitterida AQSh prezidentiga «qattiq zarba» bergan.
«Shvetsiya? Terakt? Menda savollar tug‘ilmoqda. Masalan, u nima chekib olgan?», deya yozgan u.
Bir qancha shvetsiyaliklar tvitterda Trampning chiqishiga munosabat o‘laroq fleshmob o‘tkazishdi. Ular #LastNightInSweden heshtegini ilova qilgan holda Shvetsiyada osudalik hukmron ekanini ifodalashdi. Ko‘p tvitlarda zaxarxandalik bilan fikr bildirilgan.
Mavzuga oid
20:17 / 25.05.2025
Dron Rossiyaning Shvetsiyadagi elchixonasi hududiga ichida bo‘yoq bo‘lgan idishni tashladi
11:54 / 24.05.2025
Tramp AQSh yadroviy energetikasini kengaytirish bo‘yicha farmonlarni imzoladi
11:10 / 24.05.2025
Sud Trampning Ta’lim vazirligini yopishga urinishini blokladi
09:35 / 24.05.2025