Sport | 22:21 / 21.02.2017
9462
2 daqiqa o‘qiladi

Ertakning qayg‘uli yakuni: «Satton» shirinlikxo‘r darvozabonini ishdan haydadi

«Satton Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Pol Dosuell jamoaning 46 yoshli darvozaboni Ueyn Shou yuzaga kelgan mojaroli vaziyatdan keyin klubdan ketish haqida ariza yozgan.

«Bu kishini juda ranjitadigan ish. Men ertalab uyg‘ondim va u haqdagi ko‘pdan-ko‘p yomon xabarlarni eshitdim. Ueynning o‘zi kunning ikkinchi yarmida klub rahbariyatidan o‘zi bilan shartnomani bekor qilishni so‘ragan. Bu taklif qabul qilingan. Bu bizning ajoyib ertagimizning qayg‘uli yakuni. Men qattiq ranjidim. Xo‘jayinlar ham xafa», - deya Dosuellning so‘zlarini keltirgan BBC.

Boshqa xabarlarda esa klub rahbariyati futbolchidan shartnomani bekor qilishni so‘ragan. Bunga Angliya futbol assotsiatsiyasi uning bukmekerlik idoralari bilan mojarosi ortidan yuzaga keldi.

Bundan oldinroq assotsiatsiya Angliya Kubogining nimchorak finali doirasida o‘tkazilgan «Satton Yunayted» – «Arsenal» uchrashuvi davomida mezbonlar jamoasi darvozaboni Ueyn Shou zaxira o‘rindig‘ida o‘tirgan holatda pirog yegani borasida tekshiruv boshlagani xabar qilindi. Ularning gumon qilishicha, bukmekerlik idoralarida uning o‘yin vaqtida ovqatlanishi uchun stavka qabul qilingandi. Futbolchining o‘zi ham bu haqda xabardor bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

«Satton»ning 125 kilogrammlik darvozaboni o‘yin vaqtida pirog yegani tufayli jiddiy jazolanishi mumkin

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid