Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oyatulloh Hameneiy Isroil fuqarolarini "soxta xalq" deb atadi
Eronning oliy rahnamosi oyatulloh Ali Hameneiy Isroil fuqarolarini dunyo tarixining "jirkanch bobidagi soxta xalq" deb atadi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda.
Hameneiy bu haqda Tehronda Falastinni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan anjumanda aytib o‘tdi. Bu anjuman 1990-yillardan beri har 4 yilda o‘tkazilib kelinadi. Oyatullohning nutqi 33 daqiqa davom etgan.
Uning aytishicha, Isroil dunyoning turli burchaklaridagi yahudiylarni falastinliklar yerini egallash va uning "asl mohiyatini" o‘zgartirish uchun Yaqin Sharqda to‘plash yo‘li bilan yaratilgan.
Hameneiyning aytishicha, Isroilning yaratilishi "Tangri marhamati bilan yopiladigan tarixdagi eng jirkanch boblardan biri" hisoblanadi.
Hameneiy anjumanga yig‘ilgan barchani Isroilga qarshi hujumlar va teraktlar uyushtiruvchi XAMAS va "Hizbulloh" harbiy guruhlarini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.
Anjuman o‘tkaziladigan joy Isroil va Falastinning Falastin bayrog‘i ranglaridagi katta xaritasi bilan bezalgan bo‘lgan.
Avvalroq AQSh va Isroil hamkorlik, jumladan Eronni bostirib turish masalasi bo‘yicha ishchi guruhlar shakllantirishi ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:33 / 27.05.2025
Uitkoff: Hamas Isroil bilan sulh bo‘yicha kelishuvni rad etdi
20:40 / 26.05.2025
Uitkoff HAMAS o‘t ochishni to‘xtatishga tayyor degan da’volarni rad etdi
19:43 / 26.05.2025