Sport | 10:16 / 23.02.2017
5781
2 daqiqa o‘qiladi

Platini diskvalifikatsiyadan so‘ng ilk bor futbol o‘yiniga keldi

UYeFA sobiq prezidenti Mishel Platini diskvalifikatsiyasidan so‘ng ilk bora futbol uchrashuviga bordi, deb xabar bermoqda AP.

Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, 61 yoshli fransiyalik «Jyeffrua-Gishar» stadioniga borib, Yevropa ligasining 1/16 finali doirasidagi «Sent-Eten»-«Manchester Yunayted» o‘yinini tomosha qilgan. Bahsda fransiyaliklar 0:1 hisobida imkoniyatni boy berishdi hamda musobaqani ishtirokini yakunlashdi («Sent-Eten» birinchi o‘yinda 0:3 hisobida mag‘lub bo‘lgandi). Platini bu klub safini 1979-1982 yillarda himoya qilgan.

Mishel korrupsiyada ayblanib, futboldagi barcha faoliyatdan chetlatilgach, futbol o‘yinlariga bormagandi. Bu holat 2011 yilda FIFA mablag‘laridan 2 million dollar miqdoridagi pul o‘tkazmasi bilan bog‘liq mojarodan so‘ng yuz bergan.

Avvaliga uning chetlatilish muddati sakkiz yilga teng edi, biroq keyinchalik sud jarayonida muddat ikki baravarga qadar qisqartirildi. Platinidan korrupsiya bilan bog‘liq ayblovlar olib tashlandi, biroq u FIFAning o‘zini tutish kodeksidagi boshqa qoidabuzarliklarda aybdor deb topildi, ular orasida sovg‘alar qabul qilib olish hamda manfaatlar to‘qnashuvi kabilar bor. Fransiyalik hech qanday taqiqlov yo‘qligiga qaramay Yevro-2016dagi bironta o‘yinga kelmadi, musobaqa esa uning yurtida tashkillashtirilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid