Qirg‘izistonda muxolifat yetakchisi hibsga olindi
Bishkekning Birinchi may tumani sudi 26 fevralda qo‘lga olingan, "Ata-Meken" ("Ota makon") partiyasi yetakchisi va parlamentdagi shu nomdagi fraksiya rahbari Omurbek Tekebayevga nisbatan ehtiyot chorasi tayinladi.
Sud qaroriga ko‘ra, muxolifat yetakchisi Tekebayev ikki oyga hibsga olindi. Siyosatchi Qirg‘iziston milliy xavfsizlik qo‘mitasining tergov izolyatorida ushlab turilibdi.
Qirg‘iziston bosh prokuraturasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2010 yilda Qirg‘izistonning muvaqqat hukumati raisi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Tekebayev rossiyalik tadbirkordan "unga ustunliklar berilishi" uchun 1 mln dollar olgan. Bir qator telekommunikatsiya kompaniyalariga ega bo‘lgan rossiyalik bu pullarga Qirg‘izistonda uyali aloqa xizmatlarini taqdim qiluvchi "Alfa telekom"ning 10-15 foiz aksiyasini olishga umid qilgan.
Ta'kidlanishicha, Tekebayev olgan pullari uchun o‘z zimmasiga olgan "majburiyatlarni" bajarmagan hamda pullarni qaytarishdan bosh tortgan. Boz ustiga u rossiyalikka yo‘q qilib yuborish bilan tahdid qilgan. Bu jinoiy ish bo‘yicha, shuningdek, Tekebayevning safdoshi, Qirg‘izistonning Janubiy Koreyadagi sobiq elchisi Duyshen Chotonov ham qo‘lga olingan.
Mavzuga oid
13:51 / 23.11.2024
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi
21:37 / 20.11.2024
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘li bo‘yicha muzokaralar yakuniy bosqichda – OAV
20:34 / 20.11.2024
Qirg‘iziston o‘z fuqarolariga Ukrainani tark etishni tavsiya qildi
18:39 / 20.11.2024