Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston 2019 yildan keyin neft mahsulotlari importidan voz kechadi
Qozog‘iston energetika vaziri Kanat Bo‘zumboyev 2019 yildan keyin respublika neft mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq o‘zi qoplashini ma'lum qildi. Bu haqida «Kazinform» xabar berdi.
"Bizning uch neftni qayta ishlovchi zavodimiz (NQIZ) modernizatsiya qilingach, neftni qayta ishlash hajmi 2019 yildan keyin 14,5 million tonnadan 17,5 million tonnaga yetadi. Benzin, dizel yoqilg‘isi, aviayoqilg‘i ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari oshiriladi. Ekspluatatsiya yo‘lga qo‘yilgach, biz mamlakatning neft mahsulotlariga bo‘lgan talabini to‘liq ta'minlashni rejalashtiryapmiz", - deya ma'lum qildi Bo‘zumboyev.
Shuningdek u Atirau va Pavlodardagi neftni qayta ishlovchi zavodlarni modernizatsiyalash ishlari - 2017 yilda, Chimkentdagi NQIZ esa 2018 yilda tugallanishini qo‘shimcha qildi.
Ma'lumot uchun, Qozog‘iston neft eksporti bo‘yicha beshtalikka kirmoqchi. Shu vaqtgacha bu mamlakat o‘z neftining bir qismini Rossiyada qayta ishlaydi yoki tayyor mahsulotlar sotib oladi. Endilikda, bunga barham beriladi.
Mavzuga oid
20:34 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
17:35 / 30.04.2025
Tramp jahonda neft narxining so‘nggi yillardagi eng katta pasayishiga sabab bo‘ldi – OAV
21:41 / 17.04.2025
Chexiya Rossiya neftiga qaramlikdan qutulganini e’lon qildi
15:52 / 11.04.2025