Rossiyaning Tuvasida bir oila o‘ldirib ketildi
Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari Tuva Respublikasidagi Ak-Dovurak shahridagi 5 qavatli uydagi xonadonlardan biridagi yong‘inni o‘chirish vaqtida xonadon va kirish yo‘lagida 4 kishining jasadini topishdi. Qurbonlardan ikki nafari kichik yoshli bolalar bo‘lgan, deb xabar berdi 4 mart kuni Tuva tergov qo‘mitasi tergov boshqarmasining rasmiy vakili Alla Nursat.
"Dastlabki tergov harakatlari bilan 2017 yil 4 mart kuni Ak-Dovurak shahridagi uylardan biridagi xonadonda yashash joyi bo‘yicha 35 yoshli er-xotinning ko‘plab pichoq jarohatlari ko‘rinishidagi zo‘ravonlik bilan o‘ldirish alomatlari bo‘lgan jasadlari aniqlangan. Bundan tashqari, vannaxonada suvga cho‘ktirish alomatlari bilan juftlikning 4 va 6 yoshli farzandlarining jasadlari topilgan", deb ma'lum qildi Nursat.
Ushbu holat yuzasidan tergovchilar "Ikki yoki undan ko‘proq shaxsning qotilligi" moddasi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atishgan. Voqea joyida ichki ishlar vazirligi va tergov qo‘mitasi tergovchilari ish olib bormoqdalar.
Mavzuga oid
21:47 / 15.11.2024
Qotil giyohvand bo‘lgan: 3 yoshli bolani o‘ldirgan erkak ustidan sud boshlandi
18:12 / 09.11.2024
Bir chuqurdagi ikki murda – Payariqdagi qotillik tafsiloti
19:18 / 02.11.2024
Archazordan topilgan odam boshi – Qo‘shtepadagi qotillik tafsiloti
19:02 / 31.10.2024