Jahon | 11:34 / 05.03.2017
6940
1 daqiqa o‘qiladi

Foto: Raul Kastro Boliviya prezidentini ko‘rish uchun shifoxonaga bordi

Kuba rahbari Raul Kastro mamlakat poytaxti Havana shahridagi shifoxonaga yotqizilgan Boliviya prezidenti Evo Moralesni ko‘rish uchun bordi. Bu haqda Boliviya respublikasi aloqa vaziri Xisela Lopes ma'lum qildi.

"Kommandor Raul Kastro va Kuba TIV rahbari Evo bilan 30 daqiqa suhbatlashdi", deya yozgan u o‘z tvitterida. Vazir Moralesning palatasida tushirilgan suratlarni ulashgan.

Boliviya prezidenti 2 mart kuni Havanaga kelgandi. Boliviya vitse-prezidenti Alvaro Garsiya Linera davlat rahbarida virusli invektsiya aniqlanganini ma'lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, prezidentni Havanaga jo‘natish qarori uning ovozida o‘zgarishlar yuzaga kelgach, qabul qilingan. Prezidentning oshqozonida ham og‘riq yuzaga kelgandi.

Ahvoli yaxshilangan Morales yakshanba kuni Venesuelaga yo‘l olishini ma'lum qilgan. U bu yerda 2013 yili vafot etgan sobiq prezident Ugo Chaves qabrini ziyorat qilishni rejalashtirgan.

Mavzuga oid