Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Trampning sevimli ko‘rsatuvini olib boruvchi jurnalist lavozimli bo‘ldi
Fox News telekanali jurnalisti Hizer Noyyert AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi lavozimini egalladi. Bu haqda vaziyatdan xabardor manbasiga asoslangan holda Bloomberg agentligi xabar tarqatdi.
Hozircha tayinlov haqida rasman e'lon qilinmadi.
47 yoshli Noyyert Donald Trampning sevimli teledasturi bo‘lmish tonggi Fox & Friends dasturini olib borardi.

Agentlik suhbatdoshining aniqlik kiritishicha, Noyyert xonimni lavozimga tayinlash qarori shu haftada qabul qilingan.
Noyyert Davlat departamentining har hafta o‘tkaziladigan brifinglarida chiqish qiladi. Trampning inauguratsiya marosimidan oldinroq to‘xtab qolgan bunday brifinglar 6 mart kunidan davom ettiriladi.
Qayd etilishicha, Trampning qizi Ivanka biznesida muammolar paydo bo‘lib, hamkorlar uning brendi bilan aloqalarni uza boshlaganida Noyyert uni tvitterida qo‘llab-quvvatlagan hamda siyosiy qarashlarini yashirib o‘tirmagandi.
Qayd etish kerakki, Fox telekanali xodimi hukumatda lavozimga olinishi bo‘yicha bu ilk holat emas. O‘tgan haftada telekanalning boshqa bir jurnalisti Jonatan Vaxtel AQShning BMTdagi missiyasida lavozimga tayinlangandi.
Mavzuga oid
11:54 / 24.05.2025
Tramp AQSh yadroviy energetikasini kengaytirish bo‘yicha farmonlarni imzoladi
11:10 / 24.05.2025
Sud Trampning Ta’lim vazirligini yopishga urinishini blokladi
09:35 / 24.05.2025
Sud Trampning Harvardga xorijliklarni qabul qilishni taqiqlash qarorini blokladi
11:13 / 23.05.2025