Sport | 07:18 / 08.03.2017
8758
2 daqiqa o‘qiladi

Ramos yana katta sahnada. «Real» turnirdagi ishtirokini davom ettiradi

«Real» YeChL nimchorak finalining javob uchrashuvida «Napoli»ni mag‘lub etdi. Neapoldagi «San-Paolo» stadionida kechgan uchrashuv mehmonlar g‘alabasi bilan yakunlandi - 1:3.

O‘yinning 24-daqiqasida Marek Hamshik raqib hududida to‘pga ega chiqdi va chap qanotda ochilgan Dris Mertensni to‘p bilan ta'minladi, u esa Pepeni osonlik bilan dog‘da qoldirib, to‘pni darvozaga yo‘naltirdi va hisob ochildi.

Ikkinchi bo‘lim boshida, 51-daqiqada madridliklar xaloskori Serxio Ramos o‘zini ko‘rsatib, burchakdan uzatilgan to‘pga baland sakradi va hisobni tenglashtirdi, 57-daqiqada «qaymoqranglilar» sardori jamoasini oldinga boshladi, u bu safar ham burchak zarbasi amalga oshirilgan vaqtda qahramonlik ko‘rsatdi. U to‘p uchun kurashda Insinedan ustun keldi va bosh bilan zarba berdi, to‘p esa Mertensning boshiga tegib, Reynani chalg‘itgan holda darvoza to‘riga borib tushdi. Hakamning o‘yin yakunlanishi haqidagi hushtagi chalinishidan oldin Alvaro Morata yakuniy hisobni o‘rnatdi.

Jamoalarning Madridda kechgan birinchi uchrashuvda mezbonlar 3:1 hisobida g‘alaba qozongandi va endi «Real» turnirni davom ettiradigan bo‘ldi.

YeChL, nimchorak final, javob o‘yini
«Napoli» - «Real» 1:3
Gollar: 1:0 – 24 Mertens, 1:1 – 51 Ramos, 1:2 – 57 Ramos, 1:3 – 90 Morata. 
Napoli – Reyna, Albiol, G‘ulom, Xyusay, Kulibali, Mertens, Allan (Rog, 56), Kallejon, Hamshik (Zelinski, 75), Insine (Milik, 70), Diavara.
Real – Navas, Pepe, Marselo, Karvaxal, Ramos, Kroos, Kazemiro, Modrich (Isko, 80), Beyl (Vaskes, 68), Ronaldu, Benzema (Morata, 77).
Ogohlantirishlar: Allan (55), Diavara (89). 
Birinchi o‘yin — 1:3

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid