Fan-texnika | 17:51 / 08.03.2017
7845
1 daqiqa o‘qiladi

Samsung o‘z televizorlari MRB uchun josuslik vositasi bo‘lgani haqidagi ma'lumotni tekshiradi

Samsung kompaniyasi Markaziy razvedka boshqarmasi o‘z «aqlli» televizorlaridan josuslik maqsadlarida foydalangani haqida tarqatilgan ma'lumotni tekshiradi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmatiga asoslangan holda BBC xabar berdi.

«Biz hisobot bilan tanishamiz, gap nima haqida ketayotganini o‘rganamiz va bu masalani hal qilish bilan shug‘ullanamiz», — deya qayd etilgan kompaniyada. 

Samsung vakillari shuningdek, mijozlarning shaxsiy ma'lumotlari himoyasi va xavfsizligi ular uchun birinchi galdagi maqsad ekanini qayd etishgan.

7 mart kuni WikiLeaks AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi va Britaniyaning MI-5 kontrrazvedkasi ko‘p maqsadli Samsung Smart TV televizorlarini ayg‘oqchilik qilish qurilmasi sifatida qo‘llashga imkon beruvchi usulni topgani haqida xabar bergandi.

WikiLeaks xabarida MRBga tegishli katta hajmdagi hujjatlar ochiq foydalanishga qo‘yib yuborilgani qayd etilgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid