Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Akula g‘avvosdan boshidagi pichoqni olib tashlashni so‘radi
Kayman orollaridagi dayving (suvga sho‘ng‘ish) bo‘yicha instruktor Ben Jonson boshiga 30 santimetrlik pichoq sanchilgan akulaning mushkulini oson qildi. Jonson akulaning boshiga sanchilgan pichoqni sug‘urib olgan. Ushbu holat aks etgan video internetda paydo bo‘ldi.
Ta'kidlanishicha, voqea o‘tgan haftada bir guruh dayverlarning Kayman Brak oroli yaqinida suvga sho‘ng‘ishlari vaqtida yuz bergan.
Guruhga hamrohlik qilgan Jonson marjonqoya yonida bir joyda aylanib o‘zini g‘alati tutayotgan bir metrlik akulaga ko‘zi tushib qolgan. U yaxshiroq ko‘rish uchun akula yoniga kelganda, uning boshiga pichoq sanchilib turganini ko‘rgan.
Benning aytishicha, akula go‘yoki undan yordam so‘rayotgandek tasavvur paydo bo‘lgan. Shu sabab Ben akula yoniga suzib kelib, uning boshidan pichoqni sug‘urib olgan.
Dayverning aytishicha, akula ko‘rinishicha enaga-akulalar turiga mansub bo‘lgan. Bu turdagi akulalar odamlar uchun xavfsiz, chunki asosan mollyuska va korall bilan oziqalanadilar.
Akulaning boshiga kim pichoq sanchgani noma'lumligicha qolgan. Kayman orollarida akulalarga ov qilish 2015 yildan taqiqlangan hamda 4 yilgacha qamoq jazosi va 500 ming dollargacha jarima bilan jazolanadi.
Mavzuga oid
23:27 / 23.05.2025
Hamburg markaziy vokzalida ayol kishi pichoq bilan odamlarga hujum qildi. Kamida 12 kishi jarohat oldi
16:30 / 20.04.2025
Toshkentda fuqarolarga pichoq bilan tahdid qilgan mast erkak 10 sutkaga qamaldi
10:45 / 18.04.2025
Berlinda vokzallar va transportda pichoq olib yurish taqiqlanadi
12:55 / 01.03.2025