Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gvatemaladagi yong‘in qurbonlari soni yana ortdi, hukumat 3 kunlik motam e'lon qildi
8 mart kuni Gvatemalada oiladagi zo‘ravonlik qurbonlari uchun mo‘ljallangan reabilitatsiya markazida yuz bergan yong‘in oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 28 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda jarohatlangan o‘smirlar olib borilgan shifoxonadagi manbaga asoslangan holda Prensa Libre xabar tarqatdi.
Oxirgi xabarlar qurbonlar soni 21 nafarga yetgani aytilgandi.
Shifokrolar ma'lumotiga ko‘ra, kechasi jarohatlangan holda keltirilganlardan yana bir qanchasi jon bergan.
Gvatemala hukumati ushbu hodisa yuzasidan 2 kunlik motam e'lon qildi.
Prensa Libre portalining ma'lum qilishicha, bundan bir kun avval 600 o‘smir saqlangan markazdan 60 nafarga yaqin o‘smir qochib ketgandi. Ular markazdagi qattiqqo‘l munosabat va ovqatlarning yomonligiga qarshi bosh ko‘tarishgan. Portal ma'lumotlariga ko‘ra, o‘smirlar norozilik sifatida o‘z matraslarini yoqqanlar va aynan shu yong‘inni keltirib chiqargan bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi
21:35 / 22.05.2025
Xorazm viloyati Markaziy Banki binosida yong‘in yuz berdi
19:31 / 18.05.2025