Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gvatemaladagi voyaga yetmaganlar uyida ro‘y bergan yong‘in tufayli 21 kishi halok bo‘ldi
Gvatemalada voyaga yetmagan bolalar tarbiyalanadigan yetimxonada ro‘y bergan yong‘in tufayli halok bo‘lganlar soni 21 nafarni tashkil qilgan.
Markaziy Amerikadagi bu davlat poytaxtidagi "Ruzvelt" nomli shifoxonada ushbu yong‘in tufayli jarohatlangan, 14-17 yoshlar orasidagi 20dan ortiq o‘smirlar joylashtirilgan, ularning ba'zilari og‘ir ahvolda.
Fojia respublika poytaxti yaqinidagi San-Xose-Pinula munitsipalitetida sodir bo‘ldi. Bundan avval yetimxonada ma'muriyat xodimlarining shafqatsiz munosabatidan norozilik tufayli, tartibsizliklar yuzaga kelgan edi. Ba'zi ma'lumotlarga ko‘ra, bunday tartibsizliklar chog‘ida yetimxonadan kamida 60 kishi qochib ketgan.
Mamlakat parlamenti voqea yuzasidan puxta tekshiruv olib borishni talab qildi. 8 mart, chorshanba kuni Gvatemala hukumati prezident Jimmi Morales farmoni bilan bolalar halokati tufayli uch kunlik motam e'lon qildi.
Mavzuga oid
20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi
21:35 / 22.05.2025
Xorazm viloyati Markaziy Banki binosida yong‘in yuz berdi
19:31 / 18.05.2025