Jamiyat | 21:41 / 10.03.2017
10666
2 daqiqa o‘qiladi

Olovli chiptalar: Yangi film premerasi King-Kongning 5 metrli haykali yonishi bilan tugadi

10-mart kuni Vetnamning Xoshimin shahrida "Kong: bosh suyak oroli" filmi premerasida tadbir uchun maxsus qurilgan ulkan gorilla haykali yonib ketdi.  AFP shu haqidagi xabar va video bilan bo‘lishdi

Mahalliy mashhurlar va partiya amaldorlari tashrif buyurgan kartina premerasi savdo markazi yaqinida uyushtirilgan edi. Boshlovchi nutq so‘zlayotgan paytda uning orqasidagi dekoratsiyalardan biri - King-Kong bir qo‘li bilan ushlab turgan tog‘ yona boshladi. Agentlikda ta'kidlanishicha, dastlab mehmonlar buni shouning bir qismi sifatida qabul qilishgan, biroq bir necha daqiqadan keyin maymunning 5 metrli haykali butkul olov og‘ushida qolgan.

King-Kongning yonayotgan haykali shou emasligini tushuna boshlagan tomoshabinlar vahimaga tusha boshlashdi. Savdo markazi xodimlari o‘t o‘chiruvchilarni chaqirishdi. AFP ma'lumotiga ko‘ra, premeraga kelganlar orasida hech kim jabrlanmagan. 

OAV yong‘in sababi tog‘ dekoratsiyasida bo‘lganini taxmin qildi. Biroq savdo markazi matbuot xizmatining  izohlashicha, bu mash'al bilan raqsga tushayotgan raqqosning xatosi bo‘lgan - u tasodifan King-Kong haykalini yoqib yuborgan. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid