Foto: AQShda ovcharka 3ta yo‘lbarsvachchaga onalik qilmoqda
AQShning Tsintsinnati shtatidagi hayvonot bog‘ida Bleykli laqabli avstraliya ovcharkasi 3ta yo‘lbars bolasiga onalik qilmoqda. Bu haqda WCPO Cincinnati xabar tarqatdi.
«U yo‘lbars bolalari uchun shunchaki issiq yostiq emas. U — yo‘lbarschalar uchun kerak. U ilk kundanoq ularni to‘g‘ri yurishga va harakatlanishga o‘rgatdi. Yo‘lbarschalar agressiv bo‘la boshlaganida u ularni to‘xtata oladi», — degan hayvonot bog‘i vakili Don Shtrasser.
Uning qo‘shimcha qilishicha, hayvonot bog‘i xodimlari yo‘lbars bolalarini ovqatlantirishi mumkin, lekin Bleykli kabi tarbiyalay olishmaydi.
Qayd etilishicha, Bleykli bungacha gepard, to‘ng‘iz, yaguar va sassiqko‘zan bolalarini tarbiyalashga ulgurgan.
Mavzuga oid
15:30 / 13.11.2024
Qozog‘istonga yo‘lbarslar qaytarilmoqda. Ular bundan 70 yil avval yo‘qolib ketgandi
21:09 / 02.09.2024
Avstraliyadagi bog‘da yo‘lbars hayvon o‘rgatuvchiga hujum qildi
00:19 / 28.11.2023
Toshkent hayvonot bog‘iga Afrikadan yo‘lbars va sher keltirildi
08:44 / 09.06.2020