Sariosiyoda ko‘chada yo‘lbars yurgani rad qilindi
Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasiga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavha aslida Rossiyaning Kemerova shahri yaqinida tasvirga olingan. Hozirgi kunda Surxondaryo viloyatida yo‘lbars mavjud emas.

Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda Sariosiyo tumani hududida ko‘chada yo‘lbars yurgani haqidagi videolavha tarqaldi. Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi holatga aniqlik kiritib, rasmiy munosabat bildirdi.
Boshqarma matbuot xizmatiga ko‘ra, tarqalgan videolavha aslida Rossiya Federatsiyasining Kemerova shahri yaqinida olingan. Hozirgi kunda O‘zbekistonda, shu jumladan, Surxondaryo viloyatida yo‘lbars hayvoni mavjud emas.
“Ma’lumot o‘rnida, Sariosiyo tog‘larida joylashgan “Yuqori To‘palang” milliy tabiat bog‘ida jayra, qo‘ng‘ir ayiq, qor qoploni, olako‘zan, O‘rta Osiyo qunduzi, olmaxon, Sibir tog‘ echkisi, tipratikan, Turkiston silovsini, bo‘ri, tulki, bo‘rsiq, qizil sug‘ur, tog‘ suvsari, quyon, yovvoyi cho‘chqa kabi yovvoyi hayvonlar uchraydi”, deyiladi rasmiy munosabatda.
Boshqarma ijtimoiy tarmoq faollaridan asoslanmagan har xil video tasvirlar va xabarlarni tarqatmaslikni so‘ragan.
Mavzuga oid

21:44 / 04.04.2025
“Gulzor qilib qo‘ygandi, endi u yo‘q” – Surxondaryoda 200 tup daraxt yo‘q qilingani aytilmoqda

16:33 / 12.03.2025
Surxondaryoda bolasini sotmoqchi bo‘lgan ayol 3 yilga qamaldi: 6 bola va nogiron er qarovsiz qoldi

12:27 / 11.03.2025
Boysunda YTH oqibatida 8 yoshli qiz halok bo‘ldi

12:40 / 23.02.2025