Jahon | 21:57 / 14.03.2017
4689
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistonda 114 ta davlat korxonasi faoliyati tugatiladi

Qirg‘izistonda 114 ta davlat korxonasi faoliyati tugatiladi va 63 tasi qayta shakllantiriladi, deb ma'lum qildi Qirg‘iziston bosh vaziri Sooranbay Jyeyenbekov.

"Bu davlat korxonalari ayni vaqtda zarar keltiruvchi hisoblanadi, o‘zining asosiy vazifalarni bajarmaydi hamda korrupsiya va lobbilik sxemalarini tashkil etish instrumenti bo‘lib qolmoqda", deb aytgan Jyeyenbekov.

Uning aytishicha, davlat korxonalarini xususiylashtirish yoki ijaraga berish jarayoni bir oy ichida yaratiladigan elektron savdo tizimi orqali o‘tkaziladi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid