Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi ikki bekatda bepul Wi-Fi ishlashni boshladi
2017 yilning 16 mart kuni Toshkent shahrining Oloy bozori qarshisidagi avtobus bekatida “BRAVO PHARMA” MChJ XK kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan ijtimoiy loyihaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Toshkentda bepul Wi-Fi bo‘lgan birinchi avtobus bekati ochilmoqda
Mazkur loyiha doirasida Toshkentdagi ikkita avtobus bekatida bepul Wi-Fi ishlay boshladi.
Loyihaning ochilish marosimida davlat idoralari va tashkilotlari vakillari, ishbilarmon doiralar, ommaviy axborot vositalari xodimlari, shuningdek, poytaxtimiz aholisi va mehmonlari ishtirok etishdi.
“BRAVO PHARMA” MChJ XK kompaniyasi O‘zbekistonda bir qancha ijtimoiy loyihalarni amalga oshirmoqda. Aholi uchun bepul Wi-Fi’ni taqdim etish mazkur yo‘nalishdagi loyihalardan biridir.
Manish Kumar Shanta, “BRAVO PHARMA” MChJ XK kompaniyasining operatsiyalar bo‘yicha direktori:
“Mazkur loyiha “BRAVO PHARMA” kompaniyasining O‘zbekiston xalqiga Navro‘z bayrami munosabati bilan sovg‘asidir. “BRAVO PHARMA” innovatsion kompaniya bo‘lgani uchun, o‘z faoliyatiga yangi texnologiyalarni tatbiq etishga harakat qiladi. Mazkur loyihani amalga oshirar ekanmiz, biz imkon qadar ko‘proq insonlarni internet hamda IT-texnologiyadan foydalanishga jalb etishni istaymiz”.
Hozirda bepul Wi-Fi poytaxtimizdagi ikkita bekat - Oloy bozori qarshisidagi hamda Oybek metrosidagi avtobus bekatlarida o‘rnatildi.
Loyihaning keyingi bosqichlarida bepul Wi-Fi nuqtalari “Istiqlol” Saroyi hamda “Buyuk Ipak Yo‘li” metrosi yonidagi bekatlarda, istirohat bog‘larida, shuningdek, universitetlar, shifoxonalar va boshqa jamoat obektlarida o‘rnatiladi.
Mavzuga oid
21:28 / 22.05.2025
Toshkentda yo‘lovchilar avtobus harakatiga to‘sqinlik qilgan avtomobil haydovchisini jazoladi
20:24 / 20.05.2025
Sergeli va Yunusobodni tezyurar avtobus yo‘lagi bog‘laydi. Loyiha qiymati – 50 mln dollar
19:08 / 13.05.2025
Toshkentda avtobuslar uchun yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
14:39 / 13.05.2025