Jahon | 10:14 / 22.03.2017
4360
1 daqiqa o‘qiladi

NATO sammiti o‘tkaziladigan sana ma'lum, Tramp marosimga keladi

Foto: AP

NATO sammiti 25 may kuni Belgiya poytaxti Bryussel shahrida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda alyansdagi manbasiga asoslangan holda «Interfaks» xabar tarqatgan.

Sammit doirasida terrorizmga qarshi kurash masalalari, shuningdek, tashkilotning mudofaa xarajatlari muhokama qilinadi.

AQSh prezidenti Donald Tramp ham sammitda ishtirok etadi.

Qayd etish kerakki, AQShning yangi prezidenti NATO a'zolari mudofaasi uchun xarajatlar yukining asosiy qismi o‘z mamlakati hissasiga to‘g‘ri kelishiga norozilik bildiradi va bundan buyon barcha «qarzini to‘lab qo‘yishi» kerak deb hisoblaydi.

Bundan oldinroq NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg 12 aprel kuni Vashingtonga borishi xabar qilingandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid