Sport | 17:44 / 29.03.2017
5602
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: Platini o‘zaro til biriktirgan FIFA amaldorlari qurboni bo‘lgan

UYeFAning sobiq prezidenti, 4 yilga futboldan chetlatilgan Mishel Platini Xalqaro futbol federatsiyalari uyushmasi (FIFA) amaldorlari bilan kelishib ishlamagani uchun ularning qurboniga aylangan. Bu haqda Le Monde xabar yozdi.

Xabar qilinishicha, tashkilot amaldorlari Platiniga qarshi ish boshlanishiga sabab bo‘lgan 2 million frank haqidagi ma'lumotni huquq tartibot organlariga yetkazishgan. Nashr ma'lumotiga ko‘ra, ba'zi amaldorlar FIFAning sobiq prezidenti Yozef Blatterdan Platiniga pul to‘langani haqidagi qog‘ozlarni olib, politsiyaga yetkazishgan.

Ma'lumot uchun, Mishel Platini  2007 yildan buyon UYeFAni boshqarib kelgandi. 2011 yilda FIFA sobiq prezidenti Yozef Blatter Mishel Platiniga 2 million Shveytsariya frankini noqonuniy ravishda o‘tkazib bergani uchun 2015 yilning dekabr oyida 8 yilga har qanday futbol faoliyatidan chetlashtirilgandi.

Keyinchalik ushbu chetlashtirish 6 yilga qisqartirildi. Shunday so‘ng, Platini Lozannadagi (Shveytsariya) Sport arbitraj sudi (CAS)ga chetlashtirish muddatini qisqartirish bo‘yicha apellyatsiya berdi.

Uning apellyatsiyasi qisman qondirildi – diskvalifikatsiya muddati 6 yildan 4 yilgacha, jarima miqdori 80 mingdan 60 ming yevrogacha qisqardi.

Mavzuga oid