Fan-texnika | 17:24 / 30.03.2017
41963
8 daqiqa o‘qiladi

Samsung Galaxy S8 smartfoniga doir 10ta fakt

29 mart kuni Samsung Galaxy S8 va S8 Plus smartfonlari rasman taqdim etildi. Ammo, aytish joizki, bu telefon haqida uning taqdimotidan avval, barchasi ma'lum edi. Koreya kompaniyasining yangi flagmaniga doir fotosuratlar, videolar tufayli uning texnik tavsiflari, tashqi ko‘rinishi va narxiga doir ma'lumotlar fosh bo‘lib ulgurgandi. 

Shunga qaramay, S8 juftligi yilning asosiy kutilgan smartfonlari hisoblanadi. Taqdimotdan so‘ng, ularga doir ayrim ma'lumotlarga aniqlik kiritildi, ba'zi yangi xususiyatlari ma'lum bo‘ldi. 

Demak, tanishamiz, Samsung Galaxy S8 va S8 Plus smartfonlari!

Telefonning eng ko‘zga tashlangan qismi hisoblanuvchi ekraniga yangicha uslubda yondashilgan. Uning chegarasi imkon qadar qisqartirilgan. 

Galaxy S8 smartfoni 18,5:9 nisbatdagi 5,8-dyuymli ekran bilan kelajak telefoni bo‘lishga da'vogardir. U ancha cho‘ziq bo‘lib, telefonning old yuzasini deyarli to‘liq egallaydi. Albatta, 18:9 nisbatdagi LG G6 smartfoni birmuncha oldin chiqdi. Biroq, Samsung chiroyliroq ko‘rinadi. LG telefonida yon romchalari bo‘lib, ekrani silliq yuzali bo‘lsa, Samsung ekranlarining chetlari Galaxy S7 edge kabi egikdir. Shu bilan birga, ikkala S8 smartfonlarining ekranlari egilgan holda ishlab chiqarilgan. Yassi ekranli smartfonlar A-seriyasida ishlab chiqariladi. 

Shu bilan birga, yangi smartfondan foydalanish birmuncha noqulaydek. Smartfon romlari bo‘lmagani sababli interfeysdagi ilovalarga tegib ketish hech gap emas. Bundan tashqari, bitta barmoq bilan ishlatish imkonsiz. 5,8 dyuymli Galaxy S8 undan birmuncha kichikroq S7ga o‘xshash tuyuladi, ammo ikki qo‘ldan foydalanish qulayroqdir. Shunday bo‘lsa-da, telefon juda samarali ekani uning bu kabi kamchiligiga ko‘z yumishga asos bo‘la oladi. 

Ishonasizmi, endi siz ekran o‘lchamini tanlay olasiz!

 

Telefon matritsasi 1440x2960 nuqtali o‘lchamga ega bo‘lsa ham sozlama orqali 2220x1080 yoki 1480x720 o‘lchamdan istagangizni tanlash imkoni mavjud. Ilovalar, grafika elementlari shu o‘lchamda aks etadi. Bu esa, telefon batareyasi quvvatini tejashda qo‘l keladi. Shu bilan 3000 mA*s (S8 Plus telefonida 3500 mA*s) akkumulyator bir yarim ikki kun ishlay oladi. 

Full HD+ o‘lchamida Super AMOLED-matritsasi birmuncha seziladi, shunga ko‘ra, HD+ o‘lchamidan foydalanish unchalik ham xush yoqishi dargumon. 

AQSh, Yevropada Qualcomm Snapdragon 835, MDHda Exynos

Supersamarali Qualcomm Snapdragon 835 protsessori Amerika va Yevropada sotiladigan Galaxy S8 telefonlarida bo‘ladi. Rossiya va MDHning boshqa davlatlarida rasman kompaniya tomonidan ishlab chiqariladigan Exynos 8895 protsessori o‘rnatilgan telefonlar sotiladi. Buni yaxshi yoki yomon deb bo‘lmaydi. Albatta, Snapdragon 835 protsessorini ham Samsung ishlab chiqaradi. Biroq, chiplarning ishlash samaradorligi deyarli bir xil. Ayrim hollarda Exynos protsessorining ustun taraflari yo‘q emas. Ikkisining ham texnik jarayoni 10 nm deb belgilangan. 821-Snapdragon asosidagi o‘tgan avlod flagmanlari Galaxy S8 oldida unchalik e'tiborni tortmaydi, desak xato qilmagan bo‘lamiz. 

Yaxshi, ammo 2ta emas

So‘nggi vaqtlarda, smartfonlarni ikkita asosiy kamera bilan jihozlash, keng burchakli suratga olish, optik yaqinlashtirgichlarning turli xillari va boshqa qiziq xususiyatlar urfga kirayotgan bir vaqtda koreyaliklar yakka modulli kamerani ma'qul ko‘rishgan. Shunga ko‘ra, S8 aniq-tiniq zum qila oldi, deya olmaymiz. 

Biroq, ta'kidlash joizki, ikkitalik kameraning yo‘qligi S7/S7 edge telefonlarining 2016 yildagi eng yaxshi smartfonlar bo‘lishiga xalaqit qilmadi. Shunga ko‘ra, birinchi navbatda sifat turishini e'tibordan chetga chiqarmaslik joiz. F1.7 yorug‘lik kuchiga ega modul va Koreya kompaniyasiga xos dasturiy ta'minot kamerada mo‘'jizalar taqdim etadi. Uning kamerasi LG G6 smartfonining ikkitalik kamerasidan ming chandon yaxshi. 

Barmoq izlari skaneri g‘aroyib joylashtirilgan

Ekranning kengayishi barmoq izi skanerini orqa tomonga o‘tkazishga olib keldi. Huawei, LG va boshqa shu kabi telefonlar egalari allaqachon skanerning telefon orqa korpusida joylashganiga o‘rganib qolishgan. Samsung foydalanuvchilari ham ko‘nikishlariga to‘g‘ri keladi.

Ammo, skanerning joylashgan o‘rni borasida savollar tug‘ilishi tabiiy. U korpus o‘rtasida emas, kameraning yonidan o‘rin olgan. Bu holatda barmog‘ingizni skaner o‘rniga kameraga tez-tez tekkazishingiz ehtimoli juda yuqori. 

IP68 standarti bo‘yicha namlikka chidamlilik

Yangi flagman telefonlarda suvdan himoya saqlab qolingan, bu telefon xaridorlariga yana bir qulaylik va bexavotirlikni taqdim etadi. Garchi, ishlab chiqaruvchi telefonni qasddan cho‘miltirmaslikni tavsiya qilsa-da, ko‘pchilik buni sinab ko‘rishga ulgurishgan. Shunga qaramay, Galaxy S7 juftligi va yangi A-seriyali telefonlarining suvga chidamsizligi yuzasidan ommaviy murojaatlar bo‘lganicha yo‘q. Shunga binoan, S8 ham bu borada maqtasa arzigulik bo‘lishiga shubha qilmaymiz. 

Xotirasi ko‘p, ammo operativ xotira unchalik emas

MDHga 64 Gblik ichki xotiraga ega smartfonlar yetkazib beriladi. Bu esa, S7 davridan beri ikki karra ko‘paytirilganini anglatadi. Barcha namunalarida 4 Gb operativ xotira unchalik ham yetarli emasdek. 

Bixby: tugmachali yordamchi

Ovozli yordamchiga jiddiy e'tibor berilganini uning maxsus tugma taqdim etilgani ham isbotlaydi. Telefonning chap yonida mazkur tugma joylashtirilgan. 

Har kimning ko‘nglini topishga urinish - ranglar xilma-xilligi

Yangi smartfonlar, shuningdek, bir necha xil ranglarda ishlab chiqariladi. Agar, ko‘pgina ishlab chiqaruvchilar tus borasida bosqichma-bosqichlikni ma'qul ko‘rgan bo‘lsa, Samsung barchasini boshlanishidayoq hal etishga harakat qilgan. Marjon tusli, moviy, kulrang-siyohrang aralashmali kabilar shular jumlasidan. Albatta, an'anaviy qora-oqlar yoddan ko‘tarilmagan. Ammo, oqrangli smartfon biroz beo‘xshov ko‘rinadi.

Kutilganidan arzonroq

Samsung Galaxy S8 va S8 Plus tegishli ravishda 960 hamda 1050 dollardan sotilishi aytilmoqda. Bunda S8 narxi LG G6 smartfoni bilan taqqoslaganda o‘zini oqlaydi, deyish mumkin. Chunki, siz nafaqat yangi ekran, balki yangi protsessor, kamera moduliga ham haq to‘laysiz. 

Mana, smartfonni yuzaki ko‘rib ham chiqdik. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, so‘nggi vaqtlarda smartfonni o‘zgartirish uchun jiddiyroq sabab topilmayotgan bir vaqtda 
Samsung (va LG ham albatta) imkonsizdek tuyulgan narsani yuzaga chiqarishdi. Ular smartfonni yangisiga almashtirish sababini taqdim etmoqda. To‘g‘ri, menga hozirgi telefonim ham yaxshi deyishingiz mumkin. Ammo, Galaxy S8 haqiqatdan ham qo‘lingizda ajoyib ko‘rinadi. 

Mavzuga oid