Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shvetsiya bosh vaziri teraktda qo‘llangan mashinadagi bombadan 400 metr nariroqda bo‘lgan
Shvetsiya bosh vaziri Stefan Lyoven 7 aprelda mahalliy vaqt bilan soat 22.00larda shu kunning o‘zida kunduzi sodir etilgan terakt joyiga qurbonlar xotirasiga gullar qo‘yishga kelgan. Lyoven teraktda qo‘llangan yuk mashinasi ichida undan keyinroq topilgan bombadan bor-yo‘g‘i 300-400 metr nariroqda bo‘lgan. Bu haqda SVT telekanali politsiyadagi manbalarga iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda.
Politsiyadagi manbaning aytishicha, bosh vazir voqea joyiga kelganda yuk mashinasidagi portlovchi qurilma hali topilmagan bo‘lgan va mashinaning ichida qolgan. Uning aytishicha, huquq-tartibot idoralari bombani bosh vazir tashrifidan bir necha soatdan keyingina aniqlashgan.
Manbaning ta'kidlashicha, bosh vazir ichida portlovchi qurilma bo‘lgan yuk mashinasidan 300-400 metr nariroqda bo‘lgan va bu huquq-tartibot idoralari "bo‘lib o‘tgan voqeaning jiddiyligini oxirigacha tushunib yetmaganlaridan" darak beradi.
Avvalroq Shvetsiya huquq-tartibot idoralari xodimlari yuk mashinasi ichida portlovchi qurilma bo‘lgan sumkani topishgani ma'lum qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, 7 aprelda kunduzi Stokholmdagi Sergelstorg maydonida yuk mashinasi haydovchisi mashinasini odamlar ustiga bostirib borgan. Mashina univermagga urilib, yonib ketgan. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, terakt oqibatida 4 kishi halok bo‘lgan, yana 10 kishi jarohat olgan.
Yuk mashinasi haydovchisi ushlangan. U 39 yoshli O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib chiqqan. Unga nisbatan terakt amalga oshirish aybi qo‘yilgan.
Mavzuga oid
20:17 / 25.05.2025
Dron Rossiyaning Shvetsiyadagi elchixonasi hududiga ichida bo‘yoq bo‘lgan idishni tashladi
00:42 / 13.05.2025
Shvetsiyada tuxumni qizining peshonasiga urib chaqqan ayol jarimaga tortildi
21:20 / 10.05.2025
Shvetsiya elektromobillarni quvvatlantiradigan yo‘llarni quradi
22:46 / 03.05.2025