Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadbirkorlik sub'yektlarining elektr tarmoqlarga ulanish jarayoni osonlashtiriladi
O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi "Tadbirkorlik sub'yektlarining elektr tarmoqlarga ulanishlari tartibini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qaror loyihasini ishlab chiqdi.
Bu qonun loyihasidan asosiy maqsad tadbirkorlik sub'yektlarining elektr tarmoqlarga ulanishda bevosita ishtiroklarini talab qiluvchi jarayonlar sonining qisqartirilishi hamda hududiy elektr tarmoqlari korxonalari (HETK) tomonidan tegishli xizmatlarni ko‘rsatish jarayonlari va muddatlarining ochiq-oydinligi va ularga amal qilinishini ta'minlashdan iborat.
Loyihaga Tadbirkorlik sub'yektlarini elektr tarmoqlarga ulash tartibi haqidagi nizom ham kiritilgan. Loyiha 2017 yil 1 mayda tasdiqlanishi mumkin. Hujjatda quyidagilar ko‘zda tutilgan:
tadbirkorlik sub'yektlari elektr tarmoqlariga ulanish uchun arizalarni "yagona darcha" markazlariga kelgan holda va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron ko‘rinishda beradilar;
"yagona darcha" markazlari HETKdan texnik shartlar, hisob-montaj sxemasi, trassa sxemasi, manfaatdor litsenziyalashtirilgan tashkilotlardan loyihalashtirish, qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash ishlarini o‘tkazishga xizmatlar ko‘rsatishga tijoriy takliflar va loyiha shartnomalarini olib, ularni ariza beruvchilarga topshiradi;
tashqi elektr ta'minoti loyihalarining kelishilishi va tashqi elektr ta'minoti tarmoqlarining foydalanishga qabul qilinishi HETK va "O‘zdavenergonazorat" inspeksiyalari tomondan "yagona darcha" markazlari orqali berilgan arizalarga ko‘ra amalga oshiriladi;
adliya idoralari va prokuraturalar tadbirkorlik sub'yektlarining elektr tarmoqlarga ulanishlari muddatlari va jarayonlarini "yagona darcha" markazlari tomonidan taqdim qilinadigan ma'lumotlar asosida nazorat qiladilar;
HETKlar tadbirkorlik sub'yektlarini elektr tarmoqlarga ulash bo‘yicha loyihalashtirish, qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash ishlarini o‘tkazish huquqini oladilar.
Loyihaga ko‘ra, xizmatlarni amalga oshirishning umumiy muddati 7 ish kunidan oshmasligi kerak.
Mavzuga oid
19:22 / 21.09.2024
Tadbirkorlarni quyosh paneli olishga majburlagan Sirdaryo HETK: “Prezident qarori noto‘g‘ri talqin qilingan”
16:57 / 19.09.2024
Andijonda elektrdan noqonuniy foydalangan tadbirkordan 20 mln so‘m olgan ETK muhandislari ushlandi
18:03 / 12.07.2024
Diniy tashkilotga svet uchun ortiqcha qarzdorlik hisoblagan HETga ish qo‘zg‘atildi
20:15 / 01.02.2024