O‘zbekistonda qator import mahsulotlari uchun aksiz soliqlari bekor qilindi
O‘zbekiston Respublikasi 2017 yil 1 aprelidan xorijdan olib kelinuvchi qator mahsulotlar uchun belgilangan aksiz soliqlarini bekor qildi yoki pasaytirdi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 31 martdagi «O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2862-son qarori Lex.uz saytida e'lon qilingan.
Respublika rahbari, «makaron mahsulotlari» (TN VED 1902), qator polietilen mahsulotlar (3901 10 900 0), YoQT (4410) va po‘lat prokati listlarini (7208 27 000 0, 7208 39 000 0) O‘zbekistonga olib kiriluvchi aksiz solig‘i solinadigan mahsulotlar ro‘yxatidan chiqardi.
Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, tijorat avtomobillari (8704 31 910 transport vositasining to‘liq vazni 5 tonnadan oshmaydigan) uchun soliqlarni bojxona qiymatining 70 foizidan 30 foizigacha qisqartirdi.
Qarorga muvofiq, ayrim oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan aksiz soliqlari ham pasaytirildi. Xususan, bug‘doy uni (1101) uchun stavka 11 foizdan 5 fozgacha tushirilgan.
Bundan tashqari, kungaboqar moyi (1512 11) uchun aralash stavka 10 foiz yoki litriga 0,16 dollardan kam emas (bundan avval, 20 foiz yoki litriga 0,32 dollardan kam emas), konservalangan sabzavot mahsulotlari (2005) —10 foiz (50 foiz), sabzavot va meva sharbatlari —30 foiz yoki litriga 0,5 dollardan kam emas (70 foiz yoki litriga 1 dollardan kam emas), ta'm beruvchi qo‘shimchalar (2103, ketchup va mayonezdan tashqari) uchun aksiz stavkalari — 25 foiz (70 foiz)gacha pasaytirilgan.
Mavzuga oid
13:07 / 18.11.2024
Piskent poligonidagi navbat elektron shaklga o‘tkazildi
14:00 / 15.11.2024
2025 yildan O‘zbekistonga ayrim quyosh panellari importi cheklanadi
15:11 / 05.11.2024
Xususiy tadbirkorlar olib kirayotgan mashinalar uchun yana bir yangi tartib joriy qilindi
15:20 / 19.10.2024