Jamiyat | 23:56 / 13.04.2017
45635
2 daqiqa o‘qiladi

Yana yong‘in, yana qurbonlar. Bu safar Jizzax

Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida yashovchi R.Saidakbarov uyida elektr simidagi qisqa tutashuv oqibatida yong‘in chiqqan. Eng ayanchlisi, yong‘in oqibatida ikki murg‘akkina bola halok bo‘lgan.

"Yong‘in oqibatida uy tomining konstruksiyalari va 24 kvadrat metr maydondagi mulk yonib ketgan. Yong‘inni o‘chirish vaqtida tutun ichida qolgan xonadan uy egalari tomonidan uy egasining nabiralari – 2014 yilda tug‘ilgan B.Soliyev va 2016 yilda tug‘ilgan M.Soliyev olib chiqilgan. Bolalarga ko‘rsatilgan birinchi tibbiy yordamga qaramasdan, ular yong‘in oqibatida zaharlanib, shifoxonaga yetmay, yo‘lda vafot etganlar", deb ma'lum qildi ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati. 

Avvalroq "Qo‘qonshahargaz» tomonidan gaz bilan ta'minlanuvchi Dang‘ara tumani hududidagi Oydin ko‘chasi, 78-uyda 18 mart kuni ro‘y bergan gaz portlashidan so‘ng tanasi kuygan aka-ukalar haqida xabar berilgan edi.

Tibbiyot vakillarining sa'y-harakatlariga qaramasdan, 25 mart kuni 20 yoshli Abu Bakr Sheraliyev tanasining qattiq kuyishi oqibatida vafot etgan. Oradan ikki kun o‘tgach, 27 mart kuni Abu Bakrning 22 yoshli akasi Bilol Sheraliyev ham olamdan o‘tgandi.

Mavzuga oid