Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangiyerda muxlislar futbolga qo‘yilmadi
Mamlakatimizda futbol bo‘yicha O‘zbekiston birinchi ligasi jamoalarining ham musobaqasiga start berildi va bugun turnirning uchinchi turi bo‘lib o‘tdi.
Uchinchi tur doirasida o‘tkazilgan uchrashuvlardan biri Sirdaryo viloyati Yangiyer shahrida bo‘lib o‘tdi.
«Yangiyer» – «G‘allaorol» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvga yuzlab muxlislarni stadion perimetri bo‘ylab turib olgan militsiya xodimlari stadionga kiritishmagan. O‘yinga chipta ham sotilmagan, muxlislarning nega stadionga kiritilmayotgani haqida ularga tushuntirish ham berilmagan. Bunga vaziyatni o‘z ko‘zi bilan ko‘rib, Kun.uz’ga bildirgan manba tomonidan tushirilgan quyidagi suratlardan o‘zingiz ham amin bo‘lishingiz mumkin.






O‘zbekiston Professional futbol ligasining rasmiy saytda chiqqan o‘yin qaydnomasiga ko‘ra, uchrashuvni 76 nafar tomoshabin kuzatgan, xolos.
O‘zbekiston birinchiligi. 3-tur
«YaNGIYeR» (Yangiyer) – «G‘ALLAOROL» (G‘allaorol) 1:1 (1:1)
13 aprel. "Yangiyer". 76 tomoshabin.
Hakamlar: Sh.Rajabov (Buxoro) – 8,0, A.Burov (Buxoro) – 8,1, Sh.Rahmatov (Buxoro) – 8,2, B.Yo‘lcharayev - 9
Nazoratchi: E.Oripov (Farg‘ona).
Gollar: V.Purak (19) – S.Hamroqulov (23, penalti).
Ogohlantirishlar: D.Komilov (22), A.Tursunqulov (50), Sh.Kamolov (90+3) – X.Davronov (32), S.Hamrakulov (60).
Mavzuga oid
14:16 / 27.05.2025
Sirdaryoda muhandislik va agrotexnologiyalar instituti tashkil etiladi
22:52 / 20.05.2025
Sirdaryoda 14 yoshli o‘smir kanalga cho‘kib ketdi
16:41 / 15.05.2025
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston Sirdaryo uchun suv taqsimoti rejimlarini tasdiqladi
08:31 / 09.05.2025