Yulian Draksler: O‘zil «PSJ»ga o‘tishi kerak
«PSJ» futbol klubining germaniyalik yarim himoyachisi Yulian Draksler o‘z do‘sti va hamyurti Mesut O‘zil Parij klubiga o‘tsa, bundan faqat xursand bo‘lishini bildirdi. Eslatib o‘tamiz, O‘zil ayni damda «Arsenal» futbolchisi hisoblanadi.
«Ha, men do‘stimni bu yerda ko‘rishdan xursand bo‘lardim, sababi Mesutning «Arsenal» bilan shartnomasi deyarli yakunlandi, yana bir yil qoldi. U ajoyib futbolchi, menga u bilan termada birga o‘ynash yoqadi, hamda men O‘zil bilan „PSJ“da ham birga to‘p surishni istardim. Biz doimiy ravishda muloqotdamiz. Men unga: «PSJ»ga kel» deyman. U esa kuladi, sababi bir yil avval uning o‘zi meni „Arsenal“ga chaqirgandi.
Rejalari qanday ekanini bilmayman, biroq uni bu yerda ko‘rishdan faqat xursand bo‘lardim, sababi u ajoyib o‘yinchi va juda yaxshi inson», - deya aytib o‘tdi Draksler SFR Sport efirida.
Mavzuga oid
17:03 / 22.03.2023
Mesut O‘zil futbolchilik faoliyatini yakunladi
14:32 / 25.12.2019
Mesut O‘zil 219 nafar bolaning jarrohlik amaliyoti pulini to‘lab berdi
12:31 / 17.12.2019
Xitoyda O‘zilning nomi internet qidiruvlardan o‘chirildi, rasmiy OAVlarda u haqda yozish taqiqlandi
18:00 / 15.12.2019