Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gulistonda do‘kondan 40 ta uyali telefon apparatini o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Guliston shahrida 40 dona uyali telefon apparatlari o‘g‘irlab ketmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Bu haqda IIV huzuridagi “Qo‘riqlash” xizmati xabar berdi.
Ma'lum bo‘lishicha, joriy yilning 7 yanvar kunidan 8 yanvar kuniga o‘tar kechasi Guliston shahar, N.Zokirov ko‘chasida tungi yo‘nalish militsiyasida xizmatni olib borayotgan Guliston shahar IIB xuzuridagi tumanlararo Qo‘riqlash bo‘limi militsionerlari kichik serjant J.Abbosov hamda safdor O.Abdullayevlar xizmat vaqtida soat 05:35larda yo‘nalish militsiyasi qo‘rig‘idagi 335-sonli do‘konga noma'lum shaxs kirganligini sezishgan.
Ushbu do‘kon ko‘zdan kechirilganda, do‘kon ichida 1998 yilda tug‘ilgan N.X ismli shaxs 40 dona xar xil turdagi yangi uyali telefon apparatlari, 1 dona kassa apparati hamda 1 dona kompyuter blok pitaniyasi, jami 6.000.000 so‘mlik buyumlarni o‘g‘rilab ketmoqchi bo‘lgan vaqtida ushlanib, Guliston shahar IIBga topshirilgan.
Mazkur xolat yuzasidan Guliston shahar IIB Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Mavzuga oid
16:22 / 24.05.2025
Bola ko‘ziga telefon zararini kamaytirish uchun nima qilish kerak? – oftalmolog javob berdi
15:47 / 26.03.2025
Fransiyada samolyot parvoz vaqtida yo‘qolgan telefon tufayli shoshilinch ortga qaytdi
09:52 / 28.02.2025
Guliston tumani hokimi o‘zgardi
13:53 / 17.01.2025