Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda haydovchi AYoQShda yirik yong‘in sodir etishiga bir bahya qoldi (video)
Qozog‘istondagi AYoQShlardan birida "Gazel" yuk mashinasining "o‘ta farosatli" haydovchisi yonilg‘i quyish vaqtida o‘zining mashinasi benzobakini yondirgich yordamida yoritmoqchi bo‘ldi. Buning oqibatida uning qo‘lidagi yoqilg‘i quyish shlangasi bir ondayoq alanga oldi. Haydovchi uni chetga uloqtirishi oqibatida yong‘in yon-atrofdagi mashinalarga ham o‘tgan.
Ko‘rinishicha, erkak dizel yoqilg‘isi quyayotgan bo‘lgan va shu sababli yong‘inni katta talofatlarsiz o‘chirishga muvaffaq bo‘lingan.
AYoQShdagi favqulodda o‘t o‘chirish tizimining o‘z vaqtida ishlashi hisobiga esa yong‘in to‘liq bartaraf etilgan. Ta'kidlanishicha, voqea oqibatida hech kim jabrlanmagan.
Mavzuga oid
20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi
21:35 / 22.05.2025
Xorazm viloyati Markaziy Banki binosida yong‘in yuz berdi
19:31 / 18.05.2025